Oliy ta'limga ajratilgan byudjet mablagʻlaridan qanday foydalanilmoqda? - Ta’lim xabarlari
Oliy ta’limga ajratilgan byudjet mablagʻlaridan qanday foydalanilmoqda?

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasining kengaytirilgan yig‘ilishida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Birinchi darajali byudjet mablag‘larini taqsimlovchilarning byudjet mablag‘laridan foydalanishi bilan bog‘liq maqsadli indikatorlar bajarilishi holati to‘g‘risida”gi axboroti eshitildi.

 

Axborotda ta’kidlanganidek, har yilgi Davlat byudjetining maqsadli sarflanishi bo‘yicha 2024 yil uchun aniqlangan rejaviy ko‘rsatkichda 5 trillion 820 milliard 800 million so‘m mablag‘ ajratilishi belgilangan.

Joriy yilning birinchi yarim yilligida respublika byudjetidan amalga oshirilgan jami xarajatlar esa 2 trillion 238 milliard 900 million so‘mni tashkil qildi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va uning tasarrufidagi muassasalar joriy xarajatlari uchun 4 trillion 768 milliard 600 million so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, 1 iyul holatiga ko‘ra amalga oshirilgan xarajatlar miqdori 1 trillion 877 milliard 600 million so‘mni tashkil etdi.

 

Bundan tashqari, oliy ta’lim muassasasida magistratura bosqichida o‘qiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt to‘lovlarini qaytarish shartisiz qoplash xarajatlari dasturiga asosan 2024 yilda aniqlangan rejaga ko‘ra 97,2 milliard so‘m ajratish belgilangan.

Joriy yilning 1 iyul holatiga ko‘ra esa 2023/2024 o‘quv yilida mazkur dastur asosida 22,8 milliard so‘m mablag‘ to‘lab berilgan.

 

2024 yilda davlat-xususiy sheriklik asosida talabalar turar joyini barpo etish bo‘yicha loyihalar uchun ajratilgan 175,1 milliard so‘m subsidiya mablag‘laridan yarim yillikda 67,3 milliard so‘mi sarflangan va bu boradagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

 

Muhokamalar davomida qo‘mita a’zolari davlat byudjetidan ajratilgan mablag‘lardan o‘z vaqtida samarali foydalanish, byudjet ma’lumotlarining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash bo‘yicha bir qator taklif va tavsiyalar berdilar.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры