2026-yil uchun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri jamg‘armasi hisobidan har oylik ustama to‘lanadigan “Vazir Jamg‘armasi” tanlovi bo‘yicha birinchi bosqich natijalari e’lon qilindi.
pedagog.uzedu.uz platformasidagi ‘‘Tanlovlarim’’ bo’limi orqali Vazir Jamg‘armasi tanlovi ma’lumotlari bilan tanishish imkoniyati mavjud.
Buning uchun pedagoglar:
— Platformadagi Profil bo’limiga kiradi;
— ‘‘Tanlovlarim’’ bo’limini tanlaydi;
— Vazir Jamg‘armasi kartochkasini topadi;
— ‘‘Batafsil’’ tugmasini bosadi;
— Ochilgan oynada tanlovning birinchi bosqichi bo’yicha ma’lumot olinadi.
Saralash natijalariga ko‘ra, 1-bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan pedagoglar 2-bosqich (suhbat jarayoniga) tavsiya etilgan.
2-bosqichda pedagoglarning kasbiy mahorati suhbat asosida baholanadi.
Suhbat o‘tkazish tartibi va mezonlari hamda suhbat o‘tkazilish sanasi, vaqti va joyi tasdiqlangandan so‘ng, bu haqda qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Eslatib o’tamiz, 2026-yilda Vazir jamgʻarmasi hisobidan har oylik ustama toʻlanadigan malakali pedagog kadrlarning cheklangan soni 1 900 nafar etib belgilangan.
Hududlar kesimidagi kvotalar soni bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.

