O‘qish uchun chet elga ketayotgan o‘zbekistonliklar sonida kamayish qayd etildi

O‘qish uchun chet elga ketayotgan o‘zbekistonliklar sonida kamayish qayd etildi

2026-yilning yanvar–fevral oylarida qariyb 4 ming yaqin oʻzbekistonlik oʻqish maqsadida xorijga safar qilgan. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi maʼlum qildi.

 

Unga koʻra, ushbu davrda jami 3 964 nafar fuqaro taʼlim uchun chet elga chiqqan. Bu koʻrsatkich 2025-yilning shu davriga nisbatan 1,2 ming nafarga yoki 23,6 foizga kamaygan.

 

2026-yil boshida oʻzbekistonlik talabalar eng koʻp quyidagi davlatlarni tanlagan:

 

— Rossiya — 989 nafar;

 

— Koreya — 679 nafar;

 

— Qirgʻiziston — 639 nafar;

 

— Turkiya — 300 nafar;

 

— Tojikiston — 276 nafar;

 

— Xitoy — 252 nafar;

 

— Qolgan 829 nafar fuqaro boshqa davlatlarga yoʻl olgan.

 

Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2025-yilda jami 28 954 nafar oʻzbekistonlik 35 ta davlatga oʻqish uchun safar qilgan. Bu esa 2024-yilga nisbatan qariyb 6,9 ming nafarga yoki 19,3 foizga kamdir.

 

2025-yildagi TOP-10 davlatlar roʻyxatida Rossiya (6 498 nafar), Tojikiston (6 039 nafar) va Qirgʻiziston (4 648 nafar) yetakchilik qilgan.

 

Shuningdek, Koreya, Turkiya va Xitoy ham yuqori oʻrinlarni egallagan. Buyuk Britaniya, Germaniya va AQSH — roʻyxatda pastroq oʻrinlarni egallagan.

 

Avvalroq, Oʻzbekistonda maktablar soni qanchaga yetgani haqida xabar bergan edik.