Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining sobiq rahbari Mamadiyev Xusniddin Norboyevich vazirning tegishli buyrugʼiga asosan, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Maktabgacha ta’lim tizimi faoliyatini muvofiqlashtirish departamentining Maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish boshqarmasi boshlig’i lavozimiga tayinlangan edi.
Uning o‘rniga, Tashpulatov Bekzod Xamitovich Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga vazifa bajaruvchi etib tayinlangan edi.
Surxondaryo viloyati hokimligi e’lon qilgan xabarga ko‘ra, Bekzod Tashpulatov ushbu lavozimga rasman tayinlandi.
U 1988-yilda Termiz shahrida tug‘ilgan. 2013-yilda Termiz davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi — geografiya.
U bungacha viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Avvalroq, Toshkent shahar MMTB boshlig‘i lavozimiga vaqtincha vazifa bajaruvchi tayinlangani xabar qilingan edi.
