Amaldagi tartibga ko‘ra, Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomining 36-bandida qaysi pedagoglarga attestatsiya sinovlarida imtiyoz berilishi haqida aniq mezonlar belgilangan.
Unga ko‘ra, attestatsiya sinovlarida o‘qituvchilarga faqat quyidagi holatlarda imtiyoz beriladi:
— Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlarining kamida C1 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega chet (ingliz, fransuz, nemis, ispan, italyan, arab, xitoy, yapon, koreys, turk, fors, pushtu, dari, urdu, hind) tili;
— yoki Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan beriladigan kamida B+ (avvalgi tizimda 80 ball yoki undan yuqori) darajadagi umumtaʼlim fanini bilish darajasi toʻgʻrisida sertifikatga ega fan oʻqituvchilariga (boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilari bundan mustasno) sertifikatning amal qilish davrida navbatdagi majburiy attestatsiyada mutaxassislik fani va kasb standarti boʻyicha bilim darajasini aniqlash hamda oʻquv fani boʻyicha malaka sinovidan maksimal ball beriladi hamda ular ushbu oʻquv fani boʻyicha malaka sinovidan ozod etiladi.
Muhim: Biroq mazkur pedagoglar attestatsiyaning ikkinchi bosqichida ishtirok etishlari shart.
ACTRUM va IC3 sertifikatlari esa xalqaro sertifikat bo‘lib, ular yuqoridagi nizomda ko‘zda tutilgan milliy sertifikatlar ro‘yxatiga kirmaydi.
Shu sababli, bunday sertifikatlarga ega pedagoglar uchun majburiy attestatsiyada imtiyozlar qo‘llanilmaydi.
Mavzuga doir: Malaka toifa sinovlarida test topshiriqlarini bajarish uchun har bir fan o‘qituvchilariga vaqt meʼyorlari belgilangan. Mazkur vaqt me’yorlari bilan quyidagi havolada tanishishingiz mumkin.
