Bugun, 7-apreldan boshlab umumta’lim maktablarining kimyo fani o‘qituvchilari uchun toifa sinovlari o‘tkazildi. Unda hududlar kesimida bir nechta o‘qituvchilar yuqori natijalar olgan.
Xabaringiz bor, 2026-yil 7-aprel kunidan boshlab maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagoglari uchun oʻquv fanlaridan malaka (test) sinovlari boshlandi.
Mazkur kimyo fanidan o‘tkazilgan attestatsiya sinovlarida bir qancha o‘qituvchilar yuqori natijalarni qayd etishdi.
Jumladan:
— Navoiy shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati kimyo fani o‘qituvchisi Tohirjon Hasanov — 94 ball;
— Toshkent shahridagi 90-maktabning kimyo fani o‘qituvchisi Aziz Alijonov — 90 ball;
— Samarqand shahridagi 58-umumta’lim maktabining kimyo fani o‘qituvchisi Shoxrux Qobilov — 86 ball;
— Dang‘ara tumanidagi 10-umumta’lim maktabining kimyo fani o‘qituvchisi Bunyodjon Bo‘tayev — 94 ball;
— Gʻijduvon tuman ixtisoslashtirilgan maktabning kimyo fani o‘qituvchisi Furqat Salimov — 84 ball;
— Vobkent tumanidagi 8-umumta’lim maktabining kimyo fani o‘qituvchisi Madinabonu Jo‘rayeva — 80 ball;
— Shofirkon tumanidagi 16-umumta’lim maktabining kimyo fani o‘qituvchisi Gulsanam Naimova — 82 ballni qo‘lga kiritdi.
Ma’lumot uchun, malaka toifa sinovlarida test topshiriqlarini bajarish uchun har bir fan o‘qituvchilariga vaqt meʼyorlari belgilangan.
Mazkur vaqt me’yorlari bilan quyidagi havolada tanishishingiz mumkin.
