Tarbiyachi ayol bog‘cha bolalaridan biriga uxlamagani uchun qo‘l ko‘targani aytilmoqda (video)

Tarbiyachi ayol bog‘cha bolalaridan biriga uxlamagani uchun qo‘l ko‘targani aytilmoqda (video)

Ohangaron shahridagi bog‘chalardan birida tarbiyachi ayol bog‘cha bolasini uxlamagani uchun urgan videosi ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi. Ayni vaqtda tarbiyachi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

 

Ma’lum bo‘lishicha, holat Ohangaron shahridagi maktabgacha taʼlim tashkilotlaridan birida sodir bo‘lgan.

 

Videoda tarbiyachi ayol tarbiyalanuvchilardan birini so‘kib, unga qo‘l ko‘targani aks etgan.

 

 

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining ma’lum qilishicha, mazkur MTT rahbarining joriy yil 6-apreldagi tegishli buyrugʻi bilan tarbiyachi Sh. A. bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

 

Shu oʻrinda mamlakatimizdagi mavjud barcha maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglariga belgilangan odob-axloq qoidalari hamda kasb etikasi normalariga qatʼiy rioya etishlarini soʻrab qolamiz, deya qo‘shimcha qilinadi vazirlik xabarida.

 

Avvalroq, tarmoqlarda Samarqanddagi maktabda ayol o‘g‘lining sinfdoshini sinfxona ichida urgani aks etgan video tarqalgan edi.