O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 19-21-avgust oralig‘ida o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda - Bilimni baholash agentligi - Ta’lim xabarlari
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 19-21-avgust oralig‘ida o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda – Bilimni baholash agentligi

9-avgust kuni Bilimni baholash agentligining rasmiy telegram kanalida agentlik mutaxassislari va abituriyentlar bilan onlayn ovozli suhbat bo‘lib o‘tdi. Suhbat davomida agentlik mutaxasislari tomonidan o‘qishni ko‘chirish uchun test sinovlari 19-21-avgust kunlarida o’tkazlishi rejalashtirilayotganligi ma’lum qilindi. Imtihon sanasi aniq bo‘lganda, agentlikning rasmiy sahifalarida xabar qilinadi.

 

 

Shuningdek, imtihon bo‘lib o‘tadigan manzil, ruxsatnoma talabgorlarning shaxsiy kabinetlariga imtihondan oldin yuboriladi.

 

 

Hozirda my.uzbmb.uz platformasi orqali o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha yuborilgan arizalarning texnik kamchiliklarini bartaraf etish imkoni mavjud.

 

 

Talabgorlar o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha my.uzbmb.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tish mobaynida kamchilikka yo‘l qo‘ygan fuqarolar arizalarini 9-avgust soat 23:59 gacha qayta ko‘rib chiqishi va mavjud texnik kamchiliklarni bartaraf etishlari mumkin.

 

 

To‘lovlarni amalga oshirish esa, 10-avgust soat 13:00 da to‘xtatiladi.

 

 

Eslatma: bunda faqat ilova qilib yuklangan u yoki bu hujjatlarni sifatlisiga almashtirish, xatoliklarni tuzatish hamda to‘lovlarni amalga oshirish mumkin, biroq yangi arizalar topshirish imkoniyati yo‘q.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры