Sirdaryodagi maktabda 11-sinf bola sinfdosh qizni kaltaklagani aytilmoqda (video)

Sirdaryodagi maktabda 11-sinf bola sinfdosh qizni kaltaklagani aytilmoqda (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryo viloyati, Sayxunobod tumanidagi 34-maktabda o‘g‘il bola qiz bola sinfdoshini urgani aks etgan video tarqaldi.

 

Ma’lum bo’lishicha, voqea joriy yil 31-mart kuni Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanidagi 34-maktabda sodir bo’lgan. 11-sinf o‘quvchisi M.M. tomonidan sinfdoshi B.Sh. bilan o‘zaro tortishuv natijasida uning yuz qismiga qo‘li bilan urib tan jarohati yetkazgan.

 

Viloyat IIB xabar berishicha, hozirda ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Shunindek, Sirdaryo viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ham mazkur vaziyatni o‘rganish ishlarini boshlaganini ma’lum qildi.

 

Avvalroq, Toshkent shahridagi maktablardan birida 4-sinf o‘quvchi qizni o‘g‘il bola sinfdoshlari urgani tasvirlangan video tarqalgandi. Natijada, I.A va E.J ota-onalari MJtKning 47-moddasi bilan ma’muriy javobgarlikka tortilgani haqida xabar berilgan edi.