Buxorolik 16 yoshli o’quvchi Amirbek Baxshilloyev jahonning eng nufuzli “Stanford”, “Caltech” va “Brown” universitetlariga yadro muhandisligi yo‘nalishi bo‘yicha to‘liq grant asosida o‘qishga qabul qilindi.
Shuningdek, u xalqaro miqyosda tan olingan ingliz tili bilim darajasini baholovchi IELTS imtihonidan 8.5 ballik natijani hamda akademik salohiyatni aniqlovchi SAT imtihonidan 1520 ballik natija qayd etgan.
Ma’lumot uchun, Stanford University Kaliforniyada joylashgan yetakchi tadqiqot universitetlaridan biri hisoblanadi. California Institute of Technology (Caltech) aniq fanlar va muhandislik yo‘nalishlariga ixtisoslashgan oliygoh bo‘lib, ilmiy tadqiqotlari bilan tanilgan. Brown University esa AQShdagi Ivy League tarkibiga kiruvchi xususiy universitetlardan biridir.
Jamoamiz nomidan ushbu o‘quvchiga muvaffaqiyat tilab qolamiz!
Mavzuga doir: Avvalroq, Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining o’quvchilari Elbek Zohidjonov va Asilbek Sunnatov Massachusetts Institute of Technology (MIT) universitetiga 100% lik grant asosida o’qishga qabul qilingan edi.
