Sariosiyoda maktab rahbarlariga 100 tadan “majburiy ovoz berish” topshirigʻi berildi (video)

Sariosiyoda maktab rahbarlariga 100 tadan “majburiy ovoz berish” topshirigʻi berildi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda Sariosiyo tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi Tojiddin Oʻzbekov maktab rahbarlariga 100 tadan “majburiy ovoz berish” topshirigʻini bergani tasvirlangan video tarqaldi.

 

Effect.uz tomonidan e’lon qilingan tasvirda Sariosiyo tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi maktab rahbarlari ishtirokida ZOOM platformasida onlayn yigʻilish oʻtkazib, ovoz berish masalasini ko‘targan.

 

Manbalarning bildirishicha, yigʻilish davomida har bir maktab rahbari hamda oʻqituvchilarga ovoz berish masalasi boʻyicha topshiriq bergan.

 

“Hamma maktab 100 tadan ovoz beradi. Oylik ish haqi olayotgan xodimlarimizdan olib beringlar. Ro‘yxat qilinglar, hech kim maktabdan koʻchaga chiqmasin”, – degan u.

 

Ayni paytda mazkur holat boʻyicha masʼul idoralar tomonidan rasmiy izoh berilmagan.

 

Avvalroq, o‘qituvchilar maoshini “open byudjet” uchun ushlab qolgan direktor ishdan olingani haqida xabar bergan edik.