Ta’lim sohasida lavozimlar bo‘yicha yana bir qator o‘zgarishlar ro‘y berdi. Bu haqida Talimxabarlari.uz manbasi xabar bermoqda.
Xususan:
Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Madraximova Feruza Ruzimbayevna Abu Rayxon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti rektori etib tayinlandi.
F.Madraximova bunga qadar Urganch davlat pedagogika instituti rektori lavozimida faoliyat olib borgan.
Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Tojiyev Rustambek Rasulovich Farg’ona davlat texnika universiteti rektori etib tayinlandi.
R.Tojiyev bunga qadar Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti rektori lavozimida faoliyat olib borgan.
Avvalroq, Hilola Umarova Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti rektori lavozimiga tayinlangani haqida xabar bergan edik.
Uning o’rniga esa Ilxom Toxirovich Siradjev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan edi.


