“Yil o‘qituvchisi” tanlovining 2-bosqich natijalari bo‘yicha apellyatsiya yuborish mumkin

“Yil o‘qituvchisi” tanlovining 2-bosqich natijalari bo‘yicha apellyatsiya yuborish mumkin

‘‘Yil o‘qituvchisi’’ tanlovining 2-bosqich natijalari bo‘yicha platforma orqali apellyatsiya yuborish imkoniyati yaratildi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ma’lum qildi.

 

Xabaringiz bor, kecha, 5-mart kuni ‘‘Yil o‘qituvchisi’’ ko‘rik tanlovining ikkinchi bosqich natijalari eʼlon qilingan edi.

 

Mazkur bosqich natijalaridan norozi bo‘lgan pedagoglar platforma orqali apellyatsiya yuborishi mumkin bo‘ladi.

 

Buning uchun pedagog.uzedu.uz platformasidagi shaxsiy sahifaning “Apellyatsiyalarim” bo‘limi orqali “Apellyatsiya yuborish” tugmasi bosilib, kerakli ma’lumotlar kiritilgan holda murojaat yuboriladi.

 

Maʼlumot uchun: oʻz natijalaridan norozi boʻlgan nomzodlar ushbu natijalar eʼlon qilingan kundan boshlab uch ish kuni ichida pedagog.uzedu.uz platformasidagi oʻz shaxsiy kabinetlari orqali elektron shaklda ariza (shikoyat) berishlari mumkin.

 

Ariza (shikoyat) Nizomga muvofiq roʻyxatga olingan kundan boshlab 15 ish kunida koʻrib chiqiladi.

 

Avvalroq, “Yil oʻqituvchisi” tanlovining 3-bosqich shartlariga ayrim oʻzgartirishlar kiritilayotgani haqida xabar bergan edik.

“Yil o‘qituvchisi” tanlovining 2-bosqich natijalari bo‘yicha apellyatsiya yuborish mumkin