Diplomlari to‘g‘ridan to‘g‘ri tan olinadigan, 2026-yilda TOP-1000 talikka kirgan universitetlar ro‘yxati

Diplomlari to‘g‘ridan to‘g‘ri tan olinadigan, 2026-yilda TOP-1000 talikka kirgan universitetlar ro‘yxati

Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi hamda Oliy taʼlim, fan va iinovatsiyalar vazirligi tomonidan 2026-yil uchun tasdiqlangan xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlarning (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education, Academic Ranking of World Universities) reytingida oliy taʼlim muassasalari orasida birinchi 1 000 o‘rinni egallagan xorijiy oliy taʼlim muassasalari ro‘yxati tasdiqlandi. 

 

Ushbu ro‘yxat 2026-yil uchun e’lon qilingan bo‘lib, har yili yangilanib turadi.

 

Ma’lumot uchun, TOP-1000 oliygohlarni tamomlagan talabalarning diplomlari O‘zbekistonda imtihon sinovlarisiz tan olinadi (nostrifikatsiya qilinadi).

 

O’zbekiston oliy ta’lim muassasalari ichida eng yaxshi natija Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti milliy tadqiqot universitetiga tegishli bo’lib, u ro‘yxatda 469-o‘rinni egallagan. 

 

Undan keyingi o‘rinni Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti 726-o‘rin bilan band qilgan.

 

Shuningdek, Toshkent Davlat texnika universiteti ham 932-o‘rin bilan, TOP-1000 oliygohlar qatoridan joy oldi.

 

To’liq ro‘yxat bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin.

 

Avvalroq, QS (Quacquarelli Symonds) 2026-yil uchun “QS Sustainability Rankings 2026” natijalarini e’lon qilgan edi. Undan O‘zbekistonning 9 ta oliygohi joy olgan.