Ilk bor o‘zbek tilini bilish darajasini aniqlash imtihonlari uchun arizalar qabuli boshlandi

Ilk bor o‘zbek tilini bilish darajasini aniqlash imtihonlari uchun arizalar qabuli boshlandi

Bugundan Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar hamda chet el fuqarolari uchun o‘zbek tilini bilish darajasini aniqlash imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi.  Bu haqda markazning axborot xizmati xabar berdi.

 

Mazkur imtihonlar A1, A2 va B1 darajalari bo‘yicha o‘tkaziladi. Nomzodlar belgilangan CEFR mezonlari asosida o‘zbek tilini bilish darajasini rasmiy tasdiqlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

 

Ro‘yxatdan o‘tish jarayoni 15-martga qadar davom etadi. Imtihon esa 18-mart kuni soat 10:00 da o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

 

Imtihonga ro‘yxatdan o‘tish uzpro.uzbmb.uz rasmiy platformasi orqali amalga oshiriladi.

 

Murojaat uchun telefon: (95) 515-68-68

 

Shuningdek, Hukumatning 2026-yil 28-yanvardagi 31-sonli qaroriga ko‘ra, 2027-yil 1-martdan boshlab esa B2, C1 va C2 darajalari bo‘yicha malaka sertifikatini berish uchun imtihonlar joriy etiladi.

 

Bunda o‘zbek tilini bilish darajasi to‘g‘risida kamida B1 darajadagi malaka sertifikatiga ega chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar 2026-yil 1-apreldan boshlab O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilishda davlat tilini bilish darajasini aniqlash imtihonidan ozod etiladi.