Joriy yil 27-28-fevral kunlari Fan olimpiadalari markazi tomonidan reja-grafik asosida o‘tkaziladigan STEM olimpiadasining hududiy bosqichi vaqtlari e’lon qilindi.
Mazkur olimpiadada Agentlik tizimidagi maktablarda olimpiadaning maktab bosqichida 1-, 2- ,3-o‘rinlarni egallagan o‘quvchilar ishtirok etadi.
REJA-GRAFIK (27–28-fevral)
STEM olimpiadasi 5–11-sinflar uchun matematika, kimyo, fizika va biologiya fanlari bo‘yicha o‘tkaziladi. Ishtirokchilarga 90 daqiqa vaqt ajratiladi. Nazorat turi 30 ta testdan iborat bo‘lib, shundan 20 tasi yopiq, 10 tasi ochiq test savollar.
STEM olimpiadasi 5–7-sinflar uchun informatika va axborot texnologiyalari yo‘nalishida tashkil etiladi. Ushbu yo‘nalish uchun ham 90 daqiqa vaqt belgilanadi. Nazorat turi 30 ta testdan iborat: 20 ta yopiq va 10 ta ochiq test savollar.
STEM olimpiadasi 8–11-sinflar uchun informatika va axborot texnologiyalari bo‘yicha o‘tkaziladi. Ishtirokchilarga 120 daqiqa vaqt beriladi. Nazorat turi onlayn portalda bajariladigan 5 ta masaladan iborat.
STEM olimpiadasi 5–7-sinflar uchun Science (Tabiiy fanlar) yo‘nalishida ham o‘tkaziladi. Ishtirokchilarga 90 daqiqa vaqt ajratiladi. Nazorat turi 27 ta testdan iborat bo‘lib, shundan 18 tasi yopiq, 9 tasi ochiq test savollardir.
Avvalroq, Al-Xorazmiy va xalqaro ingliz tili olimpiadalarining hududiy bosqichi reja-grafik asosida o‘tkazilayotgani haqida xabar bergan edik.
Eslatma: Agar olimpiada jarayonida adolat tamoyillariga zid holatlar kuzatilsa, @Murojaat_FOM_bot yoki +99871 207 05 24 orqali murojaat qilishingiz mumkin.

