16 yoshga toʻlmagan yoshlar milliy sertifikat imtihoni uchun qay tartibda roʻyxatdan oʻtadi?

16 yoshga toʻlmagan yoshlar milliy sertifikat imtihoni uchun qay tartibda roʻyxatdan oʻtadi?

16 yoshga to’lmagan va ID yoki passportga ega bo’lmagan yoshlarning milliy sertifikat imtihonlarida ro’yxatdan o’tish va ishtirok etish tartibi qanday?

 

Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o’tkaziladigan umumta’lim fanlarini, shuningdek, chet tilini bilish darajasini aniqlash bo’yicha imtihonlarga ro’yxatdan o’tish uchun my.gov.uz sayti orqali elektron ariza beriladi.

 

Milliy sertifikat imtihonida qatnashish istagini bildirgan talabgorlar my.gov.uz saytida shaxsiy kabinetlari orqali, 16 va undan kichik yoshdagi talabgorlar esa ota-onasining shaxsiy kabinetlari orqali ariza topshirishi mumkin.

 

Agar arizachi voyaga yetmagan farzandi uchun ro’yxatdan o’tayotgan bo’lsa, «Arizachining voyaga yetmagan farzandi» bandini tanlash talab etiladi.

Kichik yoshdagi o'quvchilarning milliy sertifikat imtihonida qatnashishi uchun qay tartibda ariza beriladi?

 

Keyingi bosqichda, aynan, imtihonda qatnashadigan o’quvchining ism-familiyasi tanlanib, uning rasmi yuklanadi.

 

Kichik yoshdagi o'quvchilarning milliy sertifikat imtihonida qatnashishi uchun qay tartibda ariza beriladi?

 

Shuningdek, yuklanadigan rasm uchun bir qancha talablar mavjud. Jumladan:

 

Surat sifati:

 

–  fotosurat hujjatlarni topshirishdan kamida 6 oy oldin olinishi kerak

– fotosurat o‘lchami 35×45 mm, fotosurat rangli bo‘lishi kerak, yuz va yelkaning yuqori qismi fotosuratga to‘liq mos kelishi kerak, yuzning o‘lchami fotosuratning 70-80% ni tashkil qiladi.

–  tasvir aniq va kontrastli bo‘lishi kerak

– fotosurat yuqori sifatli, siyoh dog‘larisiz bo‘lishi kerak

– suratga tushayotgan shaxs to‘g‘ridan-to‘g‘ri kameraga qarashi kerak

– teri rangi tabiiy bo‘lishi kerak

– yorqinlik/kontrast o‘rtacha bo‘lishi kerak

– Raqamli kamera bilan suratga olishda rangli gamut yuqori bo‘lishi kerak.

 

Uslub va yorug‘lik:

– fotosuratdagi rang – neytral

– ko‘zlar ochiq va ko‘rinadigan bo‘lishi kerak, ular sochlar bilan qoplanmagan bo‘lishi kerak

– yuz – qat’iy to‘liq yuz, yelkaga qarab (“portret uslubi”) yoki boshni egib rasmga tushish man etiladi, yuzning konturlari aniq ko‘rinishi kerak

– fon bir xil, yorug‘

– tasvir paytida yorug‘lik bir xil, yuzida soyalarsiz, “qizil ko‘z” ta’siriga yo‘l qo‘yilmaydi

 

Ko‘zoynak va bosh kiyimlar:

– ko‘zoynak bilan suratga olishda ko‘zlar aniq ko‘rinadigan bo‘lishi kerak, ko‘zoynakda surat chirog‘i porlamasligi lozim. Qoraytirilgan ko‘zoynak bilan suratga olish taqiqlanadi. Bundan tashqari, iloji boricha, og‘ir massiv ramkalarni yengilroqlari bilan almashtirish lozim.

– Ko‘zoynaklar ko‘zingizni qoplamasligi kerak

– Suratga olishda bosh kiyim kiyishga ruxsat berilmaydi, diniy sabablarga ko‘ra yuzaga kelgan holatlar bundan mustasno, lekin bu holatda ham yuz peshonadan jag‘gacha ochiq bo‘lishi kerak, yuzning konturlari aniq ko‘rinishi kerak

– Suratga olinadigan odam rasmda yolg‘iz bo‘lishi kerak (stulning suyanchig‘i, o‘yinchoqlar va boshqa fondagi odamlarsiz). Yuz ifodasi neytral, og‘iz yopiq.

Kichik yoshdagi o'quvchilarning milliy sertifikat imtihonida qatnashishi uchun qay tartibda ariza beriladi?

 

Talab etilgan boshqa ma’lumotlar to’liq yuklangandan so’ng, ariza berish yakuniga yetadi va oxirida to’lov qilinadi.

 

16 yoshga to’lmagan yoshlar ota-onaning pasporti yoki ID kartasi orqali ariza topshirgani uchun imtihonga ham ular bilan birga borishi kerakmi?

 

Voyaga yetmagan shaxslar zarurat bo’lmasa, imtihonga ota-onasi birga borishi shart emas. Ya’ni, ota-onaning shaxsiy kabineti orqali ariza berilgani uchun ular ham imtihonga borishi shart degan talab yo’q.

 

O’quvchi «Tug’ilganlik haqida guvohnoma» va agentlik tomonidan taqdim etilgan ruxsatnoma bilan borsa kifoya.