Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida oliy taʼlimdan keyingi taʼlimga qabul qilish tartibi belgilandi

Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida oliy taʼlimdan keyingi taʼlimga qabul qilish tartibi belgilandi

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 19-fevral 70-sonli qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida oliy taʼlimdan keyingi taʼlimga qabul qilish va oʻqitish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlandi.

 

Mazkur hujjat akademiyada doktorantura (PhD va DSc), tayanch doktorantura hamda mustaqil izlanuvchilik shakllariga qabul va oʻqitish jarayonlarini yagona tartib asosida tashkil etishni belgilaydi.

 

Unga ko‘ra, akademiyada oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni tashkil etish tartibi quyidagicha:

 

Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimga qabul hujjatlari Yagona elektron tizim yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YAIDXP) orqali topshiriladi.

 

Akademiyada tayanch doktorantura hamda doktorantura bosqichiga oʻqishga qabul qilish quyidagicha tashkil etiladi.

 

Akademiyaning rasmiy veb-saytida va ommaviy axborot vositalarida har yili 1-sentyabrga qadar qabul toʻgʻrisida eʼlon beriladi.

 

Tayanch doktorantura va doktorantura oʻqishiga kirish uchun hujjatlar Yagona elektron tizim yoki YAIDXP orqali har yili 15-sentyabrdan 15-oktyabrga qadar qabul qilinadi.

 

Tayanch doktorantura va doktoranturaga kirish imtihonlari har yili 1-noyabrdan 25-noyabrga qadar oʻtkaziladi.

 

Tayanch doktorantura va doktoranturaga kirish imtihonlari natijalari boʻyicha eng yuqori ball toʻplagan talabgorlar ajratilgan qabul kvotasidan kelib chiqib, qabul komissiyasi tomonidan 30-noyabrga qadar qabul qilinadi.

 

Muhim: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyasi sohiblari tayanch doktorantura va doktoranturaga kirish imtihonisiz qabul qilinadi.

 

Akademiyada mustaqil izlanuvchilikka oʻqishga qabul qilish quyidagicha tashkil etiladi.

 

Akademiyaning rasmiy veb-saytida va ommaviy axborot vositalarida har chorakda birinchi oyning 15-sanasidan keyingi oyning 15-sanasiga qadar qabul toʻgʻrisida eʼlon beriladi.

 

Tegishli hujjatlar Yagona elektron tizim yoki YAIDXP orqali har chorakda 1 oy davomida qabul qilinadi.

 

Mustaqil izlanuvchilikka talabgorlarni tanlab olish maqsadida har chorakning soʻnggi oyiga qadar suhbat oʻtkaziladi.

 

Tayanch doktoranturaga quyidagilarga ega boʻlgan talabgorlarning hujjatlari qabul qilinadi:

 

— magistr darajasi, oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom (mutaxassislik dasturi boʻyicha);

 

— dissertatsiya qismining mufassal loyihasi;

 

— falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosi tashkil qilish mumkin boʻlgan ilmiy natijalar, shu jumladan, Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan belgilangan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida uchta maqola hamda ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va tegishli ilmiy yoʻnalishlar boʻyicha ilmiy ishlar toʻplamlarida chop etilgan kamida uchta tezis;

 

— xorijiy tili kamida B2 darajasida bilishini tasdiqlovchi milliy yoki xalqaro sertifikat.

 

Doktoranturaga quyidagilarga ega boʻlgan talabgorlarning hujjatlari qabul qilinadi:

 

— fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoxud ularga tenglashtirilgan xorijiy davlatlarda olingan ilmiy daraja;

 

— dissertatsiya rejasining mufassal loyihasi;

 

— fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi yoxud ularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar olganlar uchun muhim ilmiy yutuqlarga erishish, shu jumladan, fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishini mumkin boʻlgan OAK tomonidan belgilangan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida beshta ilmiy maqola hamda ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va tegishli ilmiy yoʻnalishlar boʻyicha ilmiy ishlar toʻplamlarida chop etilgan kamida bitta tezis;

 

— xorijiy tilni kamida B2 darajasida bilishini tasdiqlovchi milliy yoki xalqaro sertifikat.

 

Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun mustaqil izlanuvchilikka quyidagilarga ega boʻlgan talabgorlarning hujjatlari qabul qilinadi:

 

magistr darajasi, oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom (mutaxassislik dasturi boʻyicha);

 

— dissertatsiya rejasining mufassal loyihasi;

 

— falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya himoyasi asosini tashkil qilishi mumkin boʻlgan ilmiy natijalar, shu jumladan, OAK tomonidan belgilangan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida uchta maqola hamda ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va tegishli ilmiy yoʻnalishlar boʻyicha ilmiy ishlar toʻplamlarida chop etilgan kamida uchta tezis;

 

— xorijiy tilni kamida B2 darajasida bilishini tasdiqlovchi milliy yoki xalqaro sertifikat.

 

Fan doktori (DSc) ilmiy darajasi uchun mustaqil izlanuvchilikka quyidagilarga ega boʻlgan talabgorlarning hujjatlari qabul qilinadi:

 

— fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoxud ularga tenglashtirilgan xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajasi;

 

— dissertatsiya rejasining mufassal loyihasi;

 

— fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi yoxud ularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar olganlar uchun muhim ilmiy yutuqlarga erishish, shu jumladan, fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishini mumkin boʻlgan OAK tomonidan belgilangan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida bitta ilmiy maqola hamda ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va tegishli ilmiy yoʻnalishlar boʻyicha ilmiy ishlar toʻplamlarida chop etilgan kamida bitta tezis;

 

— xorijiy tilni kamida B2 darajasida bilishini tasdiqlovchi milliy yoki xalqaro sertifikat.

 

Talabgorlarning kirish imtihonlarini baholash mezonlari oldindan Akademiyaning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.

 

Akademiyada tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka qabul qilish boʻyicha tanlov har biri 100 balli baholash tizimiga asoslangan quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi:

 

— birinchi bosqich — talabgorlar mustaqillik fanlaridan imtihon (yozma, ogʻzaki, test) topshiradi;

 

— ikkinchi bosqich — talabgorlar dissertatsiya rejasining mufassal loyihasini taqdimot qiladi.