Qoʻqonda 9-sinf oʻquvchisi profilaktika inspektorini pichoqladi

Qoʻqonda 9-sinf oʻquvchisi profilaktika inspektorini pichoqladi

Fargʻona viloyati Qo‘qon shahrida 9-sinf o’quvchisi  bo’lgan 16-yoshli yigit profilaktika inspektorini pichoqlagan. Inspektor og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan. Bolaga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

 

18-fevral kuni Qoʻqon shahar 1-son IIB “Sadoqat” MFY profilaktika inspektori oʻzi xizmat olib boradigan mahalladagi xonadonlardan birida yashovchi fuqaro M.R.ning (gumondorning buvisi) chaqiruvi asosida uning uyiga borgan.

 

Shu vaqtda 16 yoshli Oʻ.Oʻ. xizmat vazifasini bajarayotgan profilaktika inspektori bilan yashash xonadonining oshxonasida oʻzaro janjallashib qolgan. Janjal vaqtida voyaga yetmagan fuqaro IIO xodimining koʻkrak qafasi orqa chap tomoniga oshxona pichogʻi bilan bir marotaba urib, tan jarohati yetkazgan. Inspektor ogʻir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan.

 

Mazkur holat yuzasidan voyaga yetmagan J.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, u Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.

 

Hozirda jinoyat ishi yuzasidan Qoʻqon shahar prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Avvalroq, Toshkentda 19 yoshli yigit ikki nafar voyaga yetmagan o‘quvchini ‘‘salom bermagani’’ uchun pichoqlagan edi.