Farg‘onada 6,6 ming dollarga 3 kishini o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan o‘qituvchi qo‘lga olindi - Ta’lim xabarlari
Farg‘onada 6,6 ming dollarga 3 kishini o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan o‘qituvchi qo‘lga olindi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Farg‘ona hamda Surxondaryo viloyatlarida pul evaziga o‘qishga kiritish va sertifikat olib berish bilan bog‘liq noqonuniy holatlar fosh etildi. Qoraqalpog‘istonda universitet domlasi va mutaxassisi, Farg‘onada esa maktab o‘qituvchisi ushlangan.

 

Respublikaning uch hududida o‘qishga kiritish va sertifikat olib berish bilan bog‘liq noqonuniy holatlar aniqlandi.

 

DXX Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda Qo‘shtepa tumanidagi maktab o‘qituvchisi Yozyovon tumanida yashovchi 3 nafar fuqaroni Qirg‘iz davlat universitetining Qadamjoy filialiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 6 600 AQSh dollari olgan vaqtida ushlangan.

 

DXX Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti o‘qituvchisi qo‘lga olingan. U Amudaryo tumanida yashovchi fuqaroni Urganch davlat universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 5 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ushlangan. Tezkor tadbir davom ettirilib, mazkur ishga aloqador bo‘lgan uning sherigi – O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti mutaxassisi ham ushbu pul mablag‘ini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

 

DXXning Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda Termiz shahrida yashovchi, 1989 yilda tug‘ilgan shaxs o‘zining hamshahariga ingliz tili bo‘yicha “S-1” darajadagi til bilish sertifikatini olib berish evaziga 2 400 AQSh dollari va 1 mln 250 ming so‘m olgan vaqtida ushlangan.

 

Qayd etilishicha, hozirda ushbu shaxslarning barchasiga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqd

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры