Toshkentdagi maktabda otishma uyushtirmoqchi bo‘lgan shaxs yuzasidan IIBB rasmiy izoh berdi

Toshkentdagi maktabda otishma uyushtirmoqchi bo‘lgan shaxs yuzasidan IIBB rasmiy izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda noma’lum erkakning maktabga borib, odamlarni otish niyatida ekanini aytgani aks etgan video tarqaldi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu shaxs yo‘lovchilarga telefonida qurol tasvirini ko‘rsatib, uni qayerdan xarid qilish mumkinligini so‘ragan. Shuningdek, u “100 odamni otib tashlash” niyatini bildirgan va poytaxtdagi 60-maktab tomonga yo‘l olgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi rasmiy izoh berdi.

 

Unga ko‘ra, holat 14-fevral kuni Mirobod tumani, Taras Shevchenko ko‘chasida qayd etilgan. Olib borilgan tezkor choralar natijasida 2006-yilda tug‘ilgan S.M. aniqlanib, qo‘lga olingan.

 

Tekshiruv jarayonida ushbu fuqaro ruhiy-asab kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgan.

 

Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda va yakuniga ko‘ra qonuniy qaror qabul qilinishi ma’lum qilingan.