Umumta’lim fanlarini bilish darajasini aniqlash bo’yicha matematika, kimyo va biologiya fanlaridan bo‘lib o‘tadigan navbatdagi imtihon sanasi e’lon qilindi.
Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining «Mening arizalarim» bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.
Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.
Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritiladi.
Muhim! Bilim va malakalarni baholash agentligi mutaxassislarining ma’lum qilishicha, imtihon sanalarida biroz o’zgarishlar bo’lgan. Ya’ni, yil boshida e’lon qilingan jadvalda matematika, kimyo va biologiya fanlaridan imtihonlar 21-22-fevral kunlari bo’lib o’tishi ko’rsatilgan edi. Ammo, talabgorlarning soni ko’payib ketganligi sababli imtihonlar 7-mart sanasigacha uzaytirilgan.
Eslatma! Test sinovi o‘tkaziladigan binolarga kirish:
1-smena: 07:00– 08:30
2-smena: 13:00 – 14:30
Belgilangan vaqtdan kechikkan talabgorlar: 1-smena uchun soat 08:30 dan, 2-smena uchun soat 14:30 dan keyin test sinoviga kiritilmaydi va ular uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.
