Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanida 11-sinfda o‘quvchi qiz Yo‘ldoshaliyeva Ziyodaxon maksimal 189 ball to‘pladi.
U 10-sinf paytidayoq 57 ball bilan B2 darajadagi ingliz tili hamda 60,43 ball bilan B+ darajadagi o’zbek tili va adabiyoti sertifikatlarini qo’lga kiritgan edi. 11-sinfda esa matematika fanidan C+ va tarix fanidan A+ sertifikatlarni olgan o’quvchi qiz muddatidan avval talabalik maqomiga ega bo’ldi.
Ziyodaxon Yo‘ldoshaliyeva Dang‘aradagi «Saʼdiyaxon academy» xususiy maktabi o‘quvchisi hisoblanadi.
Ushbu maktab 2022-yilda tashkil topgan bo‘lib, unda 200 ga yaqin o‘quvchi tahsil oladi. Maktabda umumiy hisobda 15 nafar o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatadi.
Maktab ma’muriyati bergan ma’lumotlarga ko‘ra, har oʻquv yilida 95 % dan ziyod bitiruvchilar oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga qabul qilinadi. Bu natija bilan maktab nafaqat Dang‘arada balki butun Farg‘onada ham boshqalardan ajralib turadi.
«Saʼdiyaxon academy» xususiy maktabi Fargʻona viloyati Dangʻara tumani Chinobod qishlogʻida joylashgan.
Aloqa uchun quyidagi raqamga bog‘lanishingiz mumkin: +998973370093
Telegram kanal: Saʼdiyaxon academy
