2026-yil uchun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri jamg‘armasi hisobidan har oylik ustama to‘lanadigan maktablarda, Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tasarrufidagi maktablarda va bog‘chalarda faoliyat yuritadigan malakali pedagog kadrlarning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri kesimidagi kvotalar soni taqsimlandi.
Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri jamgʻarmasi hisobidan Respublika boʻyicha 2026-yilda har oylik ustama toʻlanadigan malakali pedagog kadrlarning cheklangan soni jami 1900 nafar etib belgilangani haqida xabar bergan edik.
Bunda hududlar kesimidagi kvotalar soni quyidagicha taqsimlanadi:
Hududlar bo‘yicha jami kvotalar soni jami – 1400 ta
Fan yo‘nalishlariga quyidagi fanlar kiradi:
Boshlang‘ich ta’lim – Boshlang‘ich ta’lim;
Filologiya fanlar – O‘zbek tili (davlat tili), qoraqalpoq tili (davlat tili), rus tili (milliy maktablarda), ona tili va adabiyot (rus, qoraqalpoq, qozoq, tojik, qirg‘iz, turkman tili va adabiyoti), chet tili (ingliz, nemis, fransuz va boshqa);
Ijtimoiy fanlar – Davlat va huquq asoslari, tarbiya, tarix;
Aniq fanlar – matematika, informatika va axborot texnologiyalari;
Tabiiy va iqtisodiy fanlar – biologiya, fizika, geografiya, iqtisodiy bilim asoslari, kimyo;
Amaliy fanlar – jismoniy tarbiya, musiqa madaniyati, tasviriy san’at va chizmachilik, texnologiya.
Hududlar bo‘yicha jami kvotalar soni jami – 100 ta
Fan yo‘nalishlariga quyidagi fanlar kiradi:
Filologiya fanlar – O‘zbek tili/Rus tili, ona tili va adabiyot (qoraqalpoq tili va adabiyoti), chet tili (ingliz, nemis, fransuz va boshqa);
Ijtimoiy fanlar – Davlat va huquq asoslari, tarbiya, tarix;
Aniq fanlar – matematika, informatika va axborot texnologiyalari;
Tabiiy va iqtisodiy fanlar – biologiya, fizika, geografiya, iqtisodiy bilim asoslari, kimyo;
Amaliy fanlar – jismoniy tarbiya, musiqa madaniyati, tasviriy san’at va chizmachilik, texnologiya.
Endilikda Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining tarbiyachilari ham Vazir jamg’armasi hisobidan har oylik ustama olish imkoniyatini qo’lga kiritishlari mumkin.
Nomzodlar — taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan, belgilangan kvota doirasida pedagog kadrlar attestatsiyasining birinchi bosqichi — pedagogning mutaxassislik fani va kasb standarti boʻyicha bilim darajasini aniqlash natijalariga koʻra umumiy ballning kamida 80 foizini qoʻlga kiritgan fan oʻqituvchilari hamda maktabgacha taʼlim tashkilotlarining tarbiyachilari orasidan shakllantiriladi.



