Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2026-yil 4-fevraldagi buyrug‘iga muvofiq “Yil o‘qituvchisi” tanlovining ikkinchi bosqichida nomzodlarning sinov darslari o‘tkaziladigan maktablar hamda ularga biriktirilgan tuman (shahar)lar ro‘yxati e’lon qilindi.
Mazkur ro‘yxat orqali tanlov ishtirokchilari o‘z hududi qaysi maktabga biriktirilganini, shuningdek, shu maktabning dars jadvaliga muvofiq tegishli fan bo‘yicha qaysi mavzularga tayyorgarlik ko‘rish lozimligi haqida aniq ma’lumot olishlari mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2026-yil uchun “Yil o‘qituvchisi” tanlovining ikkinchi bosqichi baholash mezonlari ham belgilangan edi.
Maktablar ro‘yxati – Faylni yuklash
