“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga rektor vazifasini bajaruvchisi tayinlandi

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga rektor vazifasini bajaruvchisi tayinlandi

Xolmuhamedov Muhsinjon Murodullayevich – Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti rektori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.

 

Ushbu tayinlovga qadar u O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

 

Muhsinjon Xolmuhamedov 1981-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Mehnat faoliyatini 2002-yilda Samarqand bank kollejida o‘qituvchi lavozimida boshlagan.

 


2015-yilda Davlat boshqaruvi akademiyasini, 2022-yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan.
Mutaxassisligi — iqtisodchi, jamiyat boshqaruvi. Iqtisodiyot fanlari nomzodi.

 


2017–2018-yillarda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, 2019–2022-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazida bosh ilmiy xodim hamda bo‘linma mudiri lavozimlarida ishlagan. 2022-yilda mazkur markaz direktori o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.