OTMlar uchun HEMIS tizimining yangi — 1.5.9-versiyasi ishga tushirildi

OTMlar uchun HEMIS tizimining yangi — 1.5.9-versiyasi ishga tushirildi

HEMIS tizimining 1.5.9-versiyasi (2026-yil 31-yanvar) oliy ta’lim muassasalarida foydalanish uchun ishga tushirildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, yangi versiyada ta’lim jarayonini yanada takomillashtirishga qaratilgan qator muhim yangiliklar joriy etilgan.

 

Qayd etilishicha, yangilanishlar baholash, akademik guruhlar, so‘rovnomalar, o‘quv rejalar va buyruqlar bilan ishlash jarayonlarini yanada qulaylashtiradi.

 

Bunda:

 

– baholash tizimida yangi parametr – o‘quv jarayoni/baholash tizimi funksionaliga joriy va oraliq nazoratlar yig‘indisi uchun o‘tish chegarasini belgilash imkoniyati qo‘shildi;

 

– akademik guruhlar funksionali takomillashtirildi – talabalar/akademik guruhlar bo‘limida kichik guruhlar yaratishda fan guruhlaridan ham foydalanish imkoniyati paydo bo‘ldi;

 

– bahoni tuzatish so‘rovlari statuslari ko‘rinadigan qilindi – o‘qituvchi profilida fan qaydnomalari bo‘yicha bahoni tuzatish uchun yuborilgan so‘rovlarning statuslari aks ettiriladigan bo‘ldi;

 

– global so‘rovnoma funksionali – talaba va o‘qituvchi profillariga Global so‘rovnoma funksiyasi qo‘shilib, keng ko‘lamli so‘rovnomalarda ishtirok etish imkoniyati yaratildi;

 

– ta’lim buyruqlari funksionali kengaytirildi – ta’lim buyruqlari bo‘limida o‘qishga qabul qilingan talabalarni darslarga qatnashishga ruxsat berish va guruhlarga biriktirish bo‘yicha yangi farmoyish funksiyasi yaratildi;

 

– dars jadvali va fan mavzularidagi xatoliklar bartaraf etildi – dars jadvalidagi kunlik darslarni nusxalash hamda fan mavzularini filtrlash funksiyasidagi xatoliklar tuzatildi;

 

– shaxsiy qaydnomalarni Excel’ga eksport qilish – o‘zlashtirish/shaxsiy qaydnoma sahifasida shaxsiy qaydnomalar ro‘yxatini Excel formatiga eksport qilish imkoniyati qo‘shildi;

 

– o‘quv reja yuklamasi hisob-kitobi aniqlashtirildi – o‘quv reja umumiy yuklamasida nofaol fanlar yuklamasini hisobga olish bilan bog‘liq kamchilik bartaraf etildi.

 

Shuningdek, fan sillabusi (dasturi) bo‘yicha nazoratlar cheklovi kuchaytirildi.

 

O‘quv rejadagi fan sillabusi funksionalida:

 

  • nazorat turlarining umumiy ball maksimal chegarasidan oshmasligi;

  • talaba baholanganidan so‘ng nazorat turlarini tahrirlash cheklanishi ta’minlandi.