Hukumat qarori bilan Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom (VM 13.09.2025-yil №578 qarori bilan tasdiqlangan)ning 12-band quyidagi tahrirda bayon etildi:
“12. Fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish bo‘yicha kamida B1 darajadagi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikat asosida amalga oshiriladi.
Ushbu o’zgartirishdan avval fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan taʼlim yoʻnalishlariga qabul xorijiy tilni bilish boʻyicha kamida B2 darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshirilar edi. Endi ushbu tartibga biroz o’zgaritish kiritildi. Ya’ni, birinchi fani chet tili bo’lgan abituriyentlar B1 darajadagi sertifikati bilan hujjat topshirishi mumkin, faqat bunday sertifikatlarga maksimal ball emas, uning 75 foiz qiymatida ball beriladi.
Fanlar majmuasida chet tili fani mavjud bo‘lgan ta’lim yo‘nalishlariga qabulda:
— B1 darajadagi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikatga ega abituriyentlarga ushbu fandan belgilangan maksimal ballning 75 foizi miqdorida ball beriladi;
— B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikatga ega abituriyentlarga ushbu fandan belgilangan maksimal ball beriladi.
❓B1 darajadagi sertifikatlarga chet tili ikkinchi fan boʻlsa ham ball beriladimi?
Chet tili birinchi yoki ikkinchi fan boʻlishidan qatʼiy nazar, B1 darajadagi sertifikat ham qabul qilinadi. Faqat ushbu fandan belgilangan maksimal ballning 75 foiz miqdorida ball beriladi
B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikatga ega abituriyentlarga esa ushbu fandan belgilangan maksimal ball beriladi.
❓O’tgan yillarda olingan sertifikatlarga ham muddati tugamagan bo’lsa imtiyoz beriladimi?
B1 bo‘yicha imtiyoz, qachon olinganidan qat’i nazar, amalda bo‘lgan, muddati tugamangan barcha sertifikatlar uchun taalluqli. Odatda sertifikatlar 3 yil muddatga amal qiladi. Bu degani, masalan, o‘tgan yili olingan B1 sertifikat uchun ham 75% lik imtiyoz beriladi. Joriy yilda qayta olish shart emas.
Abituriyentlar uchun OTMga kirishda tan olinadigan chet tili sertifikatlar ro‘yxati bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin: Ro’yxat
❓Chet tilidan B1 darajadagi sertifikat bilan magistratura bosqichiga ham hujjat topshirsa boʻladimi?
Yo’q, hukumat qarori bilan faqatgina «Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom»ga o’zgartitirishlar kiritildi. Shuning uchun bu tartib faqat bakalavr bosqichi uchun tegishli hisoblanadi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 2024-2025-o’quv yili uchun magistratura va doktoranturaga kirishda talab qilinadigan chet tili sertifikatlarining ro‘yxatini tasdiqlagan edi. Ro‘yxatlarda mutaxassislikka qarab qaysi yo‘nalish uchun B1, B2, C1 sertifikatlari qabul qilinishi belgilangan.
Quyidagi fayllar orqali magistratura va doktarantura uchun talab etiladigan chet tili sertifikatlari va ularning darajalari bilan to’liq tanishib chiqish mumkin:
Faylni yuklash – Magistratura
Faylni yuklash – Doktarantura
