Toshkent shahar hokimligi roʻyxatga olish tadbirida faol ishtirok etgan talabalar kontraktining 50 foizini qoplab beradi

Toshkent shahar hokimligi roʻyxatga olish tadbirida faol ishtirok etgan talabalar kontraktining 50 foizini qoplab beradi

Toshkent shahar hokimligi tomonidan roʻyxatga olish tadbirida faol ishtirok etgan 20 nafar OTM talabalarining kotrakt to’lovlarining 50 foizi qoplab beriladi. Bu haqda Milliy statistika qo’mitasi matbuot xizmati xabar qildi.

 

Ma’lum qilinishicha, aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirining birinchi bosqichi doirasida 2026-yil 15–31-yanvar kunlari onlayn roʻyxatdan oʻtgan aholi orasidan tasodifiy tarzda gʻoliblar aniqlanadi hamda Milliy statistika qoʻmitasi tomonidan qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi.

Har kuni har bir hududdan onlayn roʻyxatdan oʻtgan yurtdoshlarimiz tasodifiy tanlanib, noutbuk va planshetlar sovgʻa sifatida topshiriladi.

Shuningdek, hududlar kesimida qoʻshimcha ragʻbatlantirishlar ham joriy etilgan. Jumladan:

1. Qashqadaryo viloyati hokimligi tomonidan eng faol mahallaga quyidagi infratuzilma ishlari amalga oshiriladi:

— 1 km ichki yoʻlni taʼmirlash yoki qurish;
— elektr taʼminotini yaxshilash maqsadida transformator oʻrnatish;
— piyodalar uchun qulay yoʻlakchalar barpo etish;
— yoshlar va bolalar uchun mini stadion tashkil etish.

 

2. Sport vazirligi tomonidan Toshkent viloyati Piskent tumanidagi birinchi boʻlib onlayn roʻyxatdan oʻtgan mahallada:

 

— universal sport maydonchasi;
— stritbol va vorkaut maydonchasi barpo etiladi.

3. Fargʻona viloyati hokimligi tomonidan onlayn roʻyxatdan oʻtgan fuqarolar uchun 36 ta televizor topshiriladi.

4. Toshkent shahar hokimligi roʻyxatga olish tadbirida faol ishtirok etgan 20 nafar OTM talabalari uchun yillik shartnoma (kontrakt) qiymatining 50 foizini qoplab beradi.

 

5. Eng koʻp oila aʼzolari roʻyxatdan oʻtkazilgan xoʻjaliklar uchun — “Toshkent Akva bogʻi”ga yoz mavsumida 4 kishilik 50 ta bepul kirish vaucheri.

 

6. Roʻyxatdan oʻtgan eng keksa yoshdagi ayol va erkaklar uchun — “AKFA Medline” klinikasida 20 nafar kirishiga bepul toʻliq tibbiy koʻrik.

7. Eng yosh fuqarolarning ota-onalari uchun — 100 kishiga “Uzum Market” elektron savdo platformasida xaridlar uchun chegirma promokodlari.

8. Tadbir va targʻibot ishlarida faol ishtirok etgan talabalar va koʻngillilar uchun — 20 nafar g’olibga “Korzinka” supermarketlar tarmogʻida xaridlar uchun 2 mln soʻmlik vaucher.

9. Faol yoshlar va koʻngillilar uchun — 20 kishiga “Cambridge” oʻquv markazida “Sunʼiy intellekt”, “Chet tillari” yoki istalgan yoʻnalish boʻyicha 3 oylik bepul oʻqish imkoniyati.