Muhokamalar portaliga “Oliy taʼlim tashkilotlari milliy reytingini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” nizom loyihasi joylashtirildi.
Unga koʻra, milliy reytingda tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar tashkil etilganligiga uch yil toʻlgan va bitiruvchilarga ega boʻlgan oliy taʼlim tashkilotlari ishtirok etadi, bundan oliy harbiy va harbiylashtirilgan, ixtisoslashtirilgan oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari mustasno.
Shuningdek, global miqyosda tan olingan Quacquarelli Symonds va The Times Higher Education tashkilotlarining dunyo oliygohlari reytingida (sohalar boʻyicha reyting bundan mustasno) Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha eng yuqori oʻrinlarni egallagan oliy taʼlim tashkilotlari boʻyicha Milliy reyting alohida yuritishi mumkin.
Bunda oliy taʼlim tashkilotiga global miqyosda tan olingan xalqaro reyting tashkilotlari roʻyxatida keltirilgan ketma-ketlik boʻyicha oʻrin belgilanadi.
Milliy reyting maʼlumotlari maxsus platformada quyidagi manbalaridan shakllantiriladi:
Bunda ushbu maʼlumotlarning manbasi va verifikatsiyalash usullari maxsus platformada koʻrsatilishi shart.
Oliy taʼlim tashkiloti tomonidan kiritiladigan maʼlumotlar maxsus platformaga har yili 1-fevralga qadar kiritilishi lozim.
Maxsus platformaning maʼlumotlari vazirlik va idoralarning tegishli axborot tizimi bilan integratsiya qilgan holda shakllantiriladi. Bunda integratsiya qilish imkoni boʻlmagan holatlarda, maʼlumotlar Agentlik tomonidan alohida soʻrov asosida olinib, maxsus platformaga kiritiladi.
Nizomga muvofiq, umummilliy soʻrovnoma har yili 1-iyunga qadar reyting yili boʻyicha tashkil etiladi va ushbu soʻrovnomada quyidagilar ishtirok etishga haqli hisoblanadi:
Umummilliy soʻrovnoma boʻyicha oliy taʼlim tashkiloti natijalari ushbu tashkilotning bakalavriat va magistratura bosqichlarida tahsil olayotgan talabalar hamda asosiy shtat va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib boruvchi professor-oʻqituvchilarning kamida 20 foizi ishtirok etgan taqdirda inobatga olinadi.
Bunda belgilangan koʻrsatkichdan past ishtirok kuzatilgan taqdirda, oliy taʼlim tashkilotining soʻrovnoma asosida aniqlanadigan indikatorlar boʻyicha ball berilmaydi.
Umummilliy soʻrovnomada taʼlim sifati, maʼnaviy-maʼrifiy muhit, taʼlim olish va ilmiy-ijodiy hamda sport faoliyati bilan shugʻullanish uchun yaratilgan sharoitlar, bitiruvchilarning bilim va koʻnikmalari kabi yoʻnalishlar inobatga olinadi.
Milliy reyting oliy taʼlim tashkilotlarining kontingentiga qarab, ularni toifalarga ajratgan holda yuritiladi.
Xususan, oliy taʼlim tashkilotlari ijtimoiy-gumanitar fanlar, amaliy fanlar, tibbiyot fanlari va ijod (sport) oliy taʼlim tashkilotlari toifalarga ajratiladi.
