Chiroqchida 5-sinf oʻquvchi qiz ingliz tilidan B2 sertifikatni qoʻlga kiritdi

Chiroqchida 5-sinf oʻquvchi qiz ingliz tilidan B2 sertifikatni qoʻlga kiritdi

Chiroqchi tumanidagi 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabning 5-sinf o‘quvchisi Munavvar Nuraliyeva ingliz tilidan B2 darajadagi sertifikatni birinchi urinishdayoq qo’lga kiritgan. Bu haqda Qashqadaryo viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati xabar qildi.

 

Bundan tashqari, Nishon tumanidagi 3-maktabning 6-sinf o‘quvchisi Mamanazarov Kamoliddin “MultiLevel” imtihonidan “overall” 58 ball (B2) natijani qayd etgan.

 

Shuningdek, Qarshi shahridagi 1-maktabning 7-sinf o‘quvchisi Xamzayeva Ruxsora va Qamashi tumani 89-umumta’lim maktabining 7-sinf o‘quvchisi Ro‘zimurodov Umidjon chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan imtihonda ishtirok etib, ingliz tilidan B2 darajadagi sertifikatni qo‘lga kiritishgan.