Ona (o‘zbek, qoraqalpoq, rus) tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

Ona (o‘zbek, qoraqalpoq, rus) tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

Milliy sertifikat imtihonlari uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.

 

Ona (o‘zbek, qoraqalpoq, rus) tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari 2026-yil 31-yanvar (shanba), 1-2-fevral (yakshanba, dushanba) va 7-8-fevral (shanba, yakshanba) kunlari o‘tkaziladi.

 

Test sinovlarida ishtirok etuvchi talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz veb-saytidagi “Mening arizalarim” bo‘limi orqali yuklab olishlari mumkin.

 

Ruxsatnomada test sinovi o‘tkaziladigan sana, vaqt va manzil ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtda yetib kelishlari so‘raladi.

 

Test sinovi o‘tkaziladigan binolarga kirish:

 

– 1-smena: 07:00– 08:30;

– 2-smena: 13:00 – 14:30.

 

Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritiladi.

 

Belgilangan vaqtdan kechikkan talabgorlar: 1-smena uchun soat 08:30 dan, 2-smena uchun soat 14:30 dan keyin test sinoviga kiritilmaydi va ular uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.