Prezident davlat stipendiyasiga nomzodlar uchun navbatdagi imtihon sanasi belgilandi

Prezident davlat stipendiyasiga nomzodlar uchun navbatdagi imtihon sanasi belgilandi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida” 2008-yil 13-yanvardagi 226-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 19-yanvardagi 10-275-son buyrug‘iga muvofiq, Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura bosqichi talabalari orasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasiga nomzodlar uchun imtihonlar muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda.

 

Nomzodlarning Axborot texnologiyalari, Xorijiy tillar va O‘zbekiston tarixi fanlari bo‘yicha bilim darajasini aniqlash uchun test sinovlari 2026-yil 27-yanvar kuni soat 09:00 da Bilim va malakalarni baholash agentligi binosida o‘tkaziladi.

 

Test sinovlarini yuqori saviyada o‘tkazish uchun talabgorlardan test sinovlari bo‘lib o‘tadigan hududga soat 27-yanvar kuni 08:30 dan kech qolmasdan shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar (pasport yoki ID karta) bilan yetib kelishlari so‘raladi.

 

Manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Bog‘ishamol ko‘chasi 12-uy.

 

Geolokatsiya: https://goo.gl/maps/kD9Jdsu3ePGX8fzW9.

 

Belgilangan vaqtdan kechikkan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi va qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.