Taniqli adib, Prezident maslahatchisi – Spichrayter Sultonov Xayriddin Madriddinovichga “O‘zbekiston xalq yozuvchisi” unvoni berildi. Bu haqda Prezidentning tegishli farmoni qabul qilindi.
Sultonov Xayriddin Madriddinovich — yozuvchi, publitsist, davlat va jamoat arbobi. U 1956-yili Toshkent viloyati Qibray tumani Tuzel qishlogʻida tug‘ilgan.
Mehnat faoliyati
- ‘‘Guliston’’ (1974—80) va ‘‘Yoshlik’’ (1982—85) jurnallarida adabiy xodim, boʻlim mudiri, Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida muharrir (1980—82), bosh muharrir (1985-93);
- 1993-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida masʼul xodim;
- 2001-yildan Prezidentning Davlat maslahatchisi.
Talabalik yillaridayoq ijodiy tashkilotlarda ishlay boshlagan Xayriddin Sultonov 1974–1980-yillarda Guliston, 1982-1985-yillarda ‘‘Yoshlik’’ jurnallarida, 1980-1982-, 1985–1993-yillar orasida Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida turli lavozimlarda mehnat qildi. 1993-yildan buyon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida faoliyat koʻrsatmoqda.
Ayni paytda, Xayriddin Sultonov nutq yozuvchi (Speechwriter) lavozimida faoliyat koʻrsatib kelmoqda. Speechwriter — bu boshqa bir shaxs tomonidan omma oldida aytilishi uchun nutq yozib beradigan mutaxassis.
Ma’lumot uchun, Xayriddin Sulton bugun, 19-yanvar kuni 70 yoshni qarshiladi.
