Toifa olishda malaka oshirganligi uchun yoki malaka oshirish kurslarida toʻplagan ballari qoʻshib beriladimi?

Toifa olishda malaka oshirganligi uchun yoki malaka oshirish kurslarida toʻplagan ballari qoʻshib beriladimi?

Savol: Men Buxoro viloyati Romitan tumani 22-maktabning ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisiman. Hozirgi kunda bir oylik malaka oshirishga qatnayapman. Malaka oshirish institutidagi ustozlarning fikriga qaraganda, biz malaka oshirishning oxirida ball toʻplarkanmiz hamda pedagogika va kasbiy standartdan tushadigan savollardan ozod boʻlishimiz mumkin ekan. Bu gap qanchalik haqiqatga yaqin?

 

Savol: Assalomu alaykum “bir oylik malaka oshirishga borsa, attestatsiyaga 20 ball qoʻshiladi” – deb eshitdim, shu rostmi? (I.G.B Xonqa tumanidagi 36-maktab oʻqituvchisi)

 

Javob: Yo‘q, notoʻgʻri. Maʼlumki, Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifalarini berish Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentyabrdagi 572 son qarori bilan tasdiqlangan Nizom asosida amalga oshiriladi.

 

Mazkur Nizomda malaka oshirish kurslarida tahsil olganligi uchun yoki kurslarda toʻplangan ballar toifa olishda ball qoʻshib berilishi (inobatga olinishi) koʻzda tutilmagan.