Bugundan fizika, tarix va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari boshlandi

Bugundan fizika, tarix va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari boshlandi

Biologiya, tarix va fizika fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari 2026-yil 17-18-19-yanvar kunlari oʻtkaziladi.

 

Test sinovlarida ishtirok etuvchi talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz veb-saytidagi “Mening arizalarim” boʻlimi orqali yuklab olishlari mumkin.

 

Avvalroq, ushbu milliy sertifikat imtihonlari uchun ruxsatnomalar eʼlon qilingani haqida xabar berilgan edi.

 

Ruxsatnomada test sinovi oʻtkaziladigan sana, vaqt va manzil koʻrsatilgan. Talabgorlardan belgilangan vaqtda yetib kelish soʻraladi.

 

Test sinovi oʻtkaziladigan binolarga kirish:

 

– 1-smena: 07:00– 08:30;

 

– 2-smena: 13:00 – 14:30.

 

Talabgorlar test sinovi oʻtkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritiladi.

 

Eslatma: belgilangan vaqtdan kech kelgan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi. Qoʻshimcha imtihon oʻtkazilmaydi.