Xorijda o‘qigan bolaning O‘zbekistondagi davlat maktabiga qabul qilinishi uchun qanday hujjatlar talab etiladi?

Xorijda o‘qigan bolaning O‘zbekistondagi davlat maktabiga qabul qilinishi uchun qanday hujjatlar talab etiladi?

Xorijda o‘qigan bolaning O‘zbekistondagi davlat maktabiga qabul qilinishi uchun qanday hujjatlar talab etiladigan hujjatlar Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-sonli qaroriga 2-ilova bilan tasdiqlangan.

 

«Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar farzandlarini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elda ta’lim olgan farzandlarini davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti»ning 21-moddasi 193-bandiga muvofiq, ariza beruvchi quyidagi hujjatlarni ilova qilishi shart:

 

– o‘quvchining chet elda ta’lim olganligini tasdiqlovchi hujjati (unda davlat nomi, o‘qigan maktabining nomi, o‘qigan yillari, sinflari, o‘rganilgan fanlari va imtihonlarda olingan baholari (ballari) ko‘rsatilishi kerak);

 

– nomlanuvchi hujjatning davlat tiliga notarial tasdiqlangan tarjimasi.

 

Ko‘rsatilgan hujjatlar ariza beruvchi tomonidan skaner qilinib, PDF formatida saqlangan nusxa ko‘rinishida arizaga ilova qilinadi.