Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanidagi 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabning 5-G sinf o‘quvchisi Nuraliyeva Munavvar Bekzod qizi Chet tilini bilish darajasi boʻyicha B2 sertifikatini qoʻlga kiritdi.
Imtihon qismlariga mos ravishda natijalar quyidagicha:
— Tinglab tushunish (Listening) – 54;
— O‘qish (Reading) – 51;
— Yozish (Writing) – 50;
— Gapirish (Speaking) – 54.
Avvalroq, Navoiy shahridagi 22-umumtaʼlim maktabining 5-sinf oʻquvchisi Islombek Mansurov Chet tilini bilish darajasi boʻyicha B2 sertifikatni qoʻlga kiritganligi haqida xabar bergan edik.
