Hemis tizimida bir qator muhim yangilanishlar joriy etildi

Hemis tizimida bir qator muhim yangilanishlar joriy etildi

Tizimning yangi versiyasida quyidagi muhim yangilanishlar joriy etildi va foydalanishga topshirildi:

 

Talaba harakati/Buyruqlar funksionalida talabaning shaxsiy grafigi uchun ham farmoyish tayyorlash imkoniyati qo‘shildi.

 

Nazoratlar/Yakuniy nazorat funksionalida yakuniy nazorat qaydnomasini reglamentga muvofiq nazorat sanasidan keyin 5 kun ichida, barcha baholarni to‘liq kiritgan holda bir marta saqlash talabi joriy etildi.

 

Saqlash amalga oshirilgandan so‘ng qaydnoma bloklanadi va baholarni o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

 

— O‘qituvchi tomonidan yakuniy nazorat baholari xato kiritilgan taqdirda, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektorga so‘rov yuborish orqali tuzatish mexanizmi joriy etildi.

 

O‘qituvchi va o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor rollari uchun qaydnomadagi baholarni tahrirlash bo‘yicha so‘rovlarni boshqarish funksionali ishga tushirildi.

 

— Hemis tizimlari uchun OneID identifikatsiyasini to‘liq joriy etish maqsadida EduID tizimi bilan integratsiya amalga oshirildi.

 

Hemis tizimining Coursera platformasi bilan integratsiyasi yo‘lga qo‘yildi va Coursera kurslaridan foydalanish imkoniyati yaratildi.

 

Mazkur jarayonlar o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor nazorati ostida amalga oshiriladi.