Bugun o’qishni ko’chirish bo‘yicha ariza yuborishning so‘nggi kuni. Jarayon haqida nimalarni bilishimiz kerak?

Joriy yilning 15-iyul kuni OTMlarda o‘qishni ko‘chirish uchun ariza yuborish jarayonlari bugun 5-avgust soat 23:59 ga qadar davom etadi.

 

Arizalar quyidagi 2 ta platforma orqali qabul qilinadi:

 

transfer.edu.uz — davlat OTMning biridan boshqasiga;
my.uzbmb.uz — xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat OTMdan davlat OTMlariga.

 

O‘zbekistondagi bir OTMdan boshqasiga ko‘chirish uchun esa faqat 2 ta toifa talabalarga ruxsat bor:

 

– Talaba turmushga chiqsa, turmush o‘rtog‘ining yashash joyidagi OTMga;
– Davlat xizmatchisining ish joyi o‘zgarganda farzandi yoki turmush o‘rtog‘i tegishli rahbar tavsiyanomasi bilan o‘qishini ko‘chirishi mumkin.

 

O‘zbekistonning o‘zidagi xorijiy va xususiy OTM talabalari ham davlat OTMga o‘tish uchun imtihon topshiradi.

 

Ushbu imtihonda talabalar quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan ballarni to‘play olsa o‘qishini ko‘chira oladi:

 

 

O‘tish ballini to‘plolmaganlar “super-kontrakt” bilan qabul qilinishi mumkin.

 

Agar talabgorning arizasi hududiy ishchi guruh tomonidan ko‘rib chiqib rad etilsa, kamchiliklarni bartaraf qilib qayta ariza yuborish uchun qo‘shimcha muddat beriladi.

 

Ta’kidlash lozim, o‘qishni ko‘chirish yoki qayta tiklashga ariza topshirganlarning ilgari ta’lim olgan yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) amaldagi Klassifikatorga muvofiqlashtirib, inobatga olinadi.

 

Bakalavriat turdosh yo‘nalishlar ro‘yxati

 

O‘qishini ko‘chirish uchun ariza yuborilgan arizalar hududiy ishchi guruh tomonidan ko‘rib chiqilib, rad etilganda kamchiliklarni bartaraf qilib, qayta ariza yuborish uchun qo‘shimcha muddat beriladi. Ushbu muddat davomida arizani tahrirlash, kamchiliklarini to’g’rilash va kerakli hujjatlarni yuklash mumkin.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры