“Yil oʻqituvchisi” tanlovning birinchi bosqichida nomzodlarning ballari teng boʻlgan taqdirda, ularni saralash qanday amalga oshiriladi?

“Yil oʻqituvchisi” tanlovning birinchi bosqichida nomzodlarning ballari teng boʻlgan taqdirda,  ularni saralash qanday amalga oshiriladi?

Savol: Men yaqinda oʻtkazilgan malaka sinovlarida “Yil oʻqituvchisi” tanlovining birinchi bosqichida qatnashdim hamda 110 ball oldim. Agar bizning tumandan shunday natijaga erishgan pedagoglar soni 3 nafardan ortiq boʻlsa, ularni saralab olish qanday tashkil etiladi?

 

Javob: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-apreldagi tegishli qarori bilan tasdiqlangan “Yil oʻqituvchisi” tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom talablariga koʻra, “Yil oʻqituvchisi” tanlovining birinchi bosqichi oʻtgan yilning avgust-dekabr oylarida tashkil etilgan malaka sinovlari bilan integratsiya qilingan holda oʻtkazilgan.

 

Tanlovning birinchi bosqich natijalariga koʻra, har bir tuman (shahar)dan ballar ketma-ketligiga qatʼi rioya etgan holda eng yuqori ball toʻplagan 3 nafardan nomzod tanlovning ikkinchi bosqichiga oʻtkaziladi.

 

Agar tanlovning birinchi bosqichida nomzodlarning ballari teng boʻlgan taqdirda, ularni tanlab olish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:

 

– nomzodning amaldagi malaka toifasi yuqoriligi;

 

– koʻp yillik pedagogik ish stajiga egaligi;

 

– mutaxassislik fanidan yuqori ball toʻplagani.

 

Yuqoridagi barcha holatlarda ham ballar teng kelib qolgan taqdirda, istisno tariqasida, nomzodlarning barchasi ikkinchi bosqichga oʻtkaziladi.

 

Maʼlumot uchun: malaka sinovlarida “Yil oʻqituvchisi” tanlovining birinchi bosqichi uchun nomzodlarga 50 ta test topshirigʻi beriladi hamda quyidagi tarzda alohida ball hisoblanadi:

 

– mutaxassislik fanidan (35 ta) har bir toʻgʻri javob uchun — 3,1 ball;

 

– pedagogik mahorati uchun (10 ta) har bir toʻgʻri javob uchun — 2,1 ball;

 

– kasb standarti uchun (5 ta) har bir toʻgʻri javob uchun — 1,1 bal