“Robo-coding” Respublika olimpiadasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalari, Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablar davlat va nodavlat umumtaʼlim maktablarining 5-11-sinf oʻquvchilari oʻrtasida 2 xil yosh kategoriyalari boʻyicha tashkil etiladi.
1-kategoriya — 5-8-sinf oʻquvchilarini oʻz ichiga oladi.
2-kategoriya — 9-11-sinf boʻlgan oʻquvchilar oʻrtasida jamoaviy tarzda boʻlib oʻtadi.
Har bir jamoa 2 nafar ishtirokchidan iborat boʻlishi kerak.
Olimpiada 4 bosqichda tashkil etiladi:
– Maktab bosqichi yanvar oyi davomida;
– Tuman (shahar) bosqichi fevral oyida;
– Hududiy bosqichi mart oyi davomida;
– Respublika bosqichi aprel may oylarida.
Olimpiadaning dastlabki bosqichida oʻquvchilar dasturlashdan foydalangan holda belgilangan talablarga mos, chiziqlar boʻylab harakatlana oladigan maxsus robot yaratadilar.
Olimpiadada ishtirok etish uchun maktab bosqichida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan oʻquvchilar roʻyxati joriy yilning 2-fevral kuniga qadar shakllantiriladi.
Mazkur jamoalar davlat yoki nodavlat taʼlim tashkiloti maʼmuriyati qarori asosida olimpiadaning keyingi bosqichida ishtirok etish uchun tavsiya etiladi.
Respublika bosqichida yosh kategoriyalari boʻyicha eng yuqori natijani koʻrsatib gʻoliblikni qoʻlga kiritgan jamoalar Xalqaro Robototexnika Olimpiadasida ishtirok etish uchun tavsiya etiladi.
