Vazirlik: Har bir maktab oʻz ichki Nizomiga asosan forma joriy etishi mumkin! - Ta’lim xabarlari
Vazirlik: Har bir maktab oʻz ichki Nizomiga asosan forma joriy etishi mumkin!

Bir qator veb-saytlarda va ijtimoiy tarmoqlarda joriy yilda ham maktablarda majburiy forma joriy etilmasligi haqida xabarlar tarqalmoqda. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi matbuot kotibi bu boʻyicha bayonot berdi unga koʻra, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlangan “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalari”ga muvofiq, yurtimizdagi har bir umumtaʼlim maktabining bu boradagi oʻz ichki Nizomlari qabul qilingan.

 

Unga koʻra, maktab oʻquvchilarining maktab formasida kelish tartibi umumtaʼlim muassasalarining ushbu ichki Nizomlarida belgilangan. Ushbu talab maktab formalarining majburiy joriy etilmasligini anglatmaydi.

“Shundan kelib chiqqan holda, yurtdoshlarimizdan maktab formalarini majburiy joriy etilmasligiga doir tasdiqlanmagan xabarlarni notoʻgʻri talqin qilmasliklarini soʻrab qolamiz.” — dedi vazirlik matbuot kotibi.

Avvalroq vazirlik boshqarma boshligʻi Azamat Kamolov OʻzA ga bergan intervyusida maktab formasi haqida oʻzfikrlarni bildirgan edi.

– Har yili har bir maktab tomonidan oʻz nizomi boʻyicha belgilangan forma tanlab olinadi, – deydi Azamat Kamolov. – Hozirga qadar oʻquvchilar uchun ayni bir xil forma kiyilsin, degan qattiq talab qoʻyilmadi. Demak, joriy yilda ham maktablarda majburiy forma joriy etilmaydi. Ammo oʻquvchilar uchun “Umumiy oʻrta taʼlim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalari”ga muvofiq, oʻquvchilarning taʼlim muassasasi ustavida man etilgan libos va qiyofada, jumladan oʻgʻil bolalar kalta shim, futbolka, shippakda va qizlar tor va tanani ochiq koʻrsatuvchi yupqa, harir kiyimlarda kelishi hamda boʻyni va barmoqlariga turli taqinchoqlar taqishi man etiladi.

Aslida maktab formasi boshqa har qanday forma singari intizomga chorlaydi, hamjihatlikka olib keladi, oʻquvchilarda jamoatchilik tuygʻusi, umumiy maqsadlar sari olgʻa intilishga oʻrgatadi.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan olib borilgan oʻrganishlar va tahlil natijalariga koʻra, yagona maktab formasi maktab oʻquvchilari (ularning ota-onalari) oʻrtasida kiyinish boʻyicha raqobatni cheklaydi, turli xil ijtimoiy-iqtisodiy toifadagi oilalar farzandlari orasida tabaqalanishning vizual farqini keskin kamaytiradi.

Albatta, maktab formasini joriy etishning maqsadi oʻquvchilarning bilimli, odob-axloqli, sogʻlom fikrli, har tomonlama barkamol shaxs boʻlib yetishishiga koʻmaklashish, ularning salomatliklarini muhofaza qilish uchun shart-sharoit yaratishdan iborat.

Bu borada xorijiy davlatlar tajribasiga nazar tashlansa, dunyoning koʻplab davlatlarida, jumladan Buyuk Britaniya, Yaponiya, Singapur, Janubiy Koreya, Avstraliya, Rossiya, Hindiston, Qozogʻiston va Tojikistonda maktab oʻquvchilariuchun yagona namunadagi formalar joriy etilganiga guvoh boʻlish mumkin.

AQSH va Kanadada yagona maktab formasi deyarli barcha xususiy maktablarda tashkil etilgan. Davlat maktablarida yagona maktab formasi tasdiqlanmagan boʻlsada, kiyinish qoidalari (dress code) tasdiqlangan.

Yaponiyada ham oʻrta va yuqori maktab oʻquvchilari uchun yagona maktab formasi majburiy hisoblanadi. Har bir maktabda oʻzining yagona formasi mavjud. Biroq, odatda oʻrta maktabdan boshlab oʻgʻil bolalar harbiycha uslubda, qiz bolalar esa dengizchi uslubida kiyinishadi.

MDH davlatlari ichida Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston, Qozogʻiston davlatlarida yagona maktab formasi mavjud. Xususan, Rossiyada oʻquvchilar uchun yagona maktab formasini joriy etish masalasi qonun bilan tartibga solingan.

Mazkur ishlar oʻqituvchilarning dars davomida diqqatini oʻquvchilar oʻrtasida toʻgʻri taqsimlanishi, shuningdek oʻquvchilarning oʻzlashtirishi va salohiyati oshishiga olib kelgan.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры