Ayrim toifadagi talabalar 20-avgustdan boshlab yotoqxonaga joylashtiriladi

Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligida 2-avgust kuni Oliy taʼlim muassasalarida yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar natijadorligi boʻyicha yigʻilish boʻlib oʻtdi.

 

Yig‘ilishda, oliy taʼlim muassasalarida yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar natijadorligi muhokama qilingan.

 

Shuningdek, 15-avgustdan boshlab, har bir oliygohda Talabalar turar joylariga va ijara xonadonlariga koʻmaklashish markazlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish lozimligi ta’kidlangan.

 

Shuningdek, Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, nogiron, yetim, ijtimoiy himoya reyestridagi talabalarni 20-avgustdan boshlab yotoqxonaga joylashtirish boʻyicha koʻrsatma berilgan.

 

Ta’kidlash lozim, oldinroq 1-avgustdan talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza berish boshlangani haqida xabar bergan edik.

 

Arizalarni ko‘rib chiqishda quyidagi toifadagi talabalar ustuvorlik asosida talabalar turar joylariga qabul qilinadi:

 

– “Mehribonlik uylari” tarbiyalanuvchilari, yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talabalar;

 

– “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”, “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”da turadigan talabalar;

 

– I va II guruh nogironligi bo‘lgan talabalar;

 

– bir oiladan bakalavriat bosqichi kunduzgi ta’lim shaklida ikki yoki undan ortiq to‘lov-shartnoma asosida o‘qiyotgan oilalar farzandlari;

 

– xalqaro fan olimpiadalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan respublika fan olimpiadalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talabalar;

 

– “Yil talabasi” va “Talabalar teatr studiyalari” ko‘rik-tanlovlarining respublika bosqichi g‘olibi bo‘lgan talabalar;

 

– oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Zakovat” intellektual o‘yinining respublika bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talabalar;

 

– talabalar turar joyida talabalar kengashi raisi, qavat sardori bo‘lgan talabalar.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры