Toshkent viloyati Olmaliq shahrida joylashgan «Buxoro maktabi» taʼlim markazining «BM English school» filialida viloyat miqyosida ilk bora British Council hamkorligida Sultonov Ulugʻbek boshchiligida IELTS imtihoni tashkil etildi.
Endilikda barcha IELTS topshirish niyatida boʻlgan oʻquvchilar Olmaliq shahridagi BM English school taʼlim maskanida imtihon yoki «mock exam» topshirishlari mumkin.
28-dekabr kuni 45 nafardan ortiq oʻquvchilar Olmaliqning oʻzida imtihon topshirishdi va shu yerning oʻzidan oʻz sertifikatlarini olib ketishdi.
Ushbu imtihon qoʻshni tumanlar va Olmaliq aholisi uchun katta qulayliklar yaratib berdi. Avval oʻquvchilar IELTS imtihonini topshirish uchun poytaxtga borib kelishar edi.
Eslatib oʻtamiz «Buxoro maktabi» tasarrufidagi «BM English school» oʻquv markazi Sultonov Ulugʻbek va Sarvar Nurmirzayev ustozlarning tashabbusi bilan faoliyatini boshladi va bugungi kunda eng zamonaviy jihozlar bilan jihozlangan. Shuningdek qisqa vaqt ichida IELTS 8.5 gacha va SAT 1560 ballgacha bo’lgan yuzlab yuqori natijalar qayd etildi.
https://t.me/bm_english_school
+998947380505
+998947390505



