Oʻzbek olimasi AQShda oltin medal sohibasi boʻldi - Ta’lim xabarlari
Oʻzbek olimasi AQShda oltin medal sohibasi boʻldi

Amerika Qoʻshma Shtatlarining Kaliforniya shtati Santa Klara shahrida Silikon vodiysi Xalqaro ixtirochilar innovatsion festivali — “The Silicon Valley international invention festival (SVIIF)” boʻlib oʻtdi. Bu haqda OʻzA xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, unda ilk bor oʻzbekistonlik olima ayol, Toshkent davlat texnika universiteti kafedrasi mudiri Parahat Matyoqubova ishtirok etdi.

 

Matyoqubova festival doirasida tashkil qilingan tanlovda “SVIIF-2024” — “The Finals” nominatsiyasi boʻyicha “Ixtirochi mutaxassis maxsus sovrini” hamda oltin medal bilan taqdirlandi.

 

Maʼlumot uchun, olimaga ushbu mukofot don mahsulotlari va qattiq sochiluvchan materiallarning namligini nazorat qilish qurilmasi HV uchun olgan patenti uchun topshirildi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры