“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qanday maqsadlar belgilangan?

“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qanday maqsadlar belgilangan?

Muhokamalar portaliga “2030-yilgacha moʻljallangan taraqqiyotining ustuvor yoʻnalishlari doirasida islohotlarni izchil davom ettirish va yangi bosqichga olib chiqishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmon loyihasi joylashtirildi.

 

Eʼlon qilingan Strategiya loyihasida yoshlarning intilishlarini qoʻllab-quvvatlash borasida 2030-yilga qadar quyidagi maqsadlarga erishish koʻzda tutilgan.

 

—  Xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha yuqori ball (daraja) toʻplagan 86 ming nafar yoshlarga imtihon topshirish xarajatlarini toʻliq qoplab berish.

 

—  Xorijiy tillarni oʻrganishni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan 2+6 dasturi orqali 100 ming nafar yoshlarni jalb etish.

 

— “Ibrat farzandlari” loyihasini ommalashtirish va 3 million nafar yoshlarni xorijiy tillarni bepul (onlayn) oʻrganishlarini tashkil etish.

 

— Har yili 500 nafargacha isteʼdodli yoshlar va iqtidorli mutaxassislarni xorijning nufuzli oliygohlariga oʻqishga yuborish.

 

— Yoshlarning ishsizlik darajasini 15 foizdan 11 foizga kamaytirish.

 

— 400 ming nafar yoshlarning bandligini taʼminlash va muammolarini hal etishga erishish.

 

— IT sohasida 300 ming nafar yoshlarni ish bilan taʼminlash.

 

— “Bir million sunʼiy intellekt yetakchilari” loyihasi doirasida har yili 15 ming nafar eng iqtidorli yoshlarni nufuzli xalqaro kompaniyalar talablariga mos dasturlar asosida tayyorlash.

 

— “Mutolaa” loyihasi orqali kitobxonlik madaniyatini ommalashtirish va 4,2 million nafar yoshlarni qamrab olish.

 

Avvalroq, ushbu Farmon loyihasiga ko‘ra, bog‘cha va maktab pedagog xodimlarining oʻrtacha ish haqi 2 baravar oshirilishi haqida xabar bergan edik.