O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy ta’lim agentligi direktori o‘rinbosari lavozimlariga yangi tayinlovlar amalga oshirildi.
– Sharofaddinov Shihnazar Anvarovich Kasbiy ta’lim agentligi direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
U mazkur tayinlovga qadar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Kasbiy ta’lim departamenti boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
– Abdullaxonov Avzalxon Azamatxon o‘g‘li Kasbiy ta’lim agentligi direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
U bunga qadar Kasbiy ta’lim agentligining Moliya-iqtisodiyot va moddiy-texnik bazani mustahkamlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.
