Quyidagi ushbu ro‘yxatda bosh qahramonlari o‘qituvchilar bo‘lgan, ilhomlantiruvchi, hayajonli va ba’zan kulgili seriallarni jamlandi. Barcha seriallar syujeti ularning kasbiy faoliyati — quvonchlari, qiyinchiliklari, yorqin voqealari va kundalik mehnati atrofida qurilgan.
‘‘Oldskul’’
Kinopoisk reytingi: 7,1
Chiqqan yili: 2025
Janr: komediya
Mamlakat: Rossiya
Seriyalar soni: 1 mavsum, 17 qism
Bir qism davomiyligi: 24 daqiqa
Mariya Aronova ijrosidagi Mariya Pavlovna Trifonova — sovetcha tarbiya ko‘rgan, an’anaviy matematika o‘qituvchisi. Avvallari uning darslarida o‘quvchilar hatto aksa urishdan ham qo‘rqishardi. U baho qo‘yishda murosasiz edi.
Mariya Pavlovna innovatsion, elita maktabga ishga kiradi. Bu maktabda esa erkatoy o‘smirlarga ilgari “ikki” qo‘yish umuman qabul qilinmagan. Yangi matematik bu qoidalarni o‘zgartiradi, ammo har bir dangasa o‘quvchini hech bo‘lmasa yakuniy imtihondan 70 ball olishga yetaklashga harakat qiladi.
Serial yengil kulgili ko‘rinish ortida avlodlar to‘qnashuvi, turli ijtimoiy dunyoqarashlarning qarama-qarshiligini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, drama ortiqcha bo‘lmasdan, iliq va samimiy tarzda yoritiladi.
‘‘Dars’’
Kinopoisk reytingi: 7,1
Chiqqan yili: 2025
Janr: drama
Mamlakat: Rossiya
Seriyalar soni: 1 mavsum, 8 qism
Bir qism davomiyligi: 50 daqiqa
Serial markazida — aka-uka o‘rtasidagi murakkab munosabatlar, bolalikdagi jarohatlar va o‘zaro raqobat turadi. Maktab hayoti bu yerda fon vazifasini bajaradi.
Katta aka Konstantin maktab o‘qituvchisi bo‘lib ishlaydi. U hayotdan adashib qolgan ukasi Antonni maktabga ishlashga taklif qiladi. Anton ilgari rep ijrochisi bo‘lgan, biroq fojiali voqealardan so‘ng hammasini yo‘qotadi. Maktabda ishlash unga yangi ma’no baxsh etadi, ammo syujet davomida aka niyatlari unchalik ham beg‘ubor emasligi ochiladi.
Bu drama kulgili epizodlarga ega bo‘lsa-da, yakuni jiddiy va ta’sirchan.
‘‘‘‘Abbott’’ boshlang‘ich maktabi’’
IMDb reytingi: 8,2
Chiqqan yili: 2021
Janr: komediya
Mamlakat: AQSh
Seriyalar soni: 2 mavsum, 36 qism
Bir qism davomiyligi: 22 daqiqa
Jannin Tigs va uning fidoyi hamkasblari Filadelfiyadagi eng kambag‘al maktablardan birida ishlaydi. Davlat yordami yetishmasa-da, ular o‘quvchilar uchun bor kuchini sarflashadi.
Hujjatli uslubda suratga olingan serial AQSh ta’lim tizimidagi muammolarni ochiq ko‘rsatadi. Serial bir nechta “Emmi” mukofotlariga sazovor bo‘lgan.
‘‘O‘qituvchilar’’
Kinopoisk reytingi: 6,8
Chiqqan yili: 2018
Janr: drama
Mamlakat: Rossiya
Seriyalar soni: 1 mavsum, 12 qism
Bir qism davomiyligi: 45 daqiqa
Ta’lim vaziri o‘rinbosari Sergey Grigoryev va uning ikki qizi — biri oddiy maktab o‘qituvchisi, ikkinchisi nufuzli OTM xodimi. Serial ta’lim tizimidagi tengsizlik, mansabparastlik va kasbga munosabat farqlarini ochib beradi.
‘‘Janob Korman’’
IMDb reytingi: 6,5
Chiqqan yili: 2021
Janr: drama, komediya
Mamlakat: AQSh
Seriyalar soni: 1 mavsum, 10 qism
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Josh Korman hayotdan ko‘ngli qolgan, ammo o‘quvchilari orqali hayotga muhabbatni qayta topishga harakat qiladi. Bu serial 30 yoshlar atrofidagi avlod muammolarini samimiy yoritadi.
‘‘Kafedra’’
IMDb reytingi: 7,2
Chiqqan yili: 2021
Janr: drama, komediya
Mamlakat: AQSh
Seriyalar soni: 1 mavsum, 6 qism
Nufuzli universitetda ingliz tili kafedrasiga rahbar bo‘lgan birinchi ayol — professor Kim Jiyun haqida hikoya. Akademik muhitdagi muammolar realistik va istehzoli tarzda ko‘rsatiladi.
‘‘Merlí’’
IMDb reytingi: 8,6
Chiqqan yili: 2015
Janr: drama, melodrama, komediya
Mamlakat: Ispaniya
Seriyalar soni: 3 mavsum, 40 qism
Falsafa o‘qituvchisi Merlí o‘quvchilarga noodatiy usullar bilan fikrlashni o‘rgatadi. Har bir qism mashhur faylasuf nomi bilan ataladi. Serial falsafaga bo‘lgan qiziqishni oshirgan.
‘‘Zavuchlar’’
IMDb reytingi: 8,0
Chiqqan yili: 2016
Janr: komediya
Mamlakat: AQSh
Seriyalar soni: 2 mavsum, 18 qism
Ikki g‘alati va mansabparast o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari direktorlik uchun kurashadi. Qora yumor bilan boyitilgan serial.
‘‘Boston maktabi’’
IMDb reytingi: 7,3
Chiqqan yili: 2000
Janr: drama, komediya
Mamlakat: AQSh
Seriyalar soni: 4 mavsum, 81 qism
Boston shahridagi davlat maktabida ishlovchi o‘n nafar o‘qituvchining hayoti va muammolari haqida klassik serial.
‘‘HIT’’
IMDb reytingi: 7,2
Chiqqan yili: 2020
Janr: drama
Mamlakat: Ispaniya
Seriyalar soni: 2 mavsum, 20 qism
Muammoli o‘quvchilar bilan ishlash uchun yollangan noodatiy pedagog HIT haqida hikoya.
‘‘Bizning o‘qituvchimiz — Gabriel Iglesias’’
IMDb reytingi: 7,1
Chiqqan yili: 2019
Janr: komediya
Mamlakat: AQSh
Seriyalar soni: 3 mavsum, 22 qism
Mashhur stendap-komik Gabriel Iglesias tarix o‘qituvchisi rolida. Serial iliq, kulgili va ilhomlantiruvchi.
«Eski maktab»
IMDb reytingi: 6,8
Chiqqan yili: 2019
Janr: komediya
Mamlakat: AQSh
Seriyalar soni: 2 mavsum, 34 qism
1990-yillarda kechadigan voqealar. Yosh musiqa o‘qituvchisi Leyni Lyuis o‘zini va kasbiga bo‘lgan ishonchini qayta topadi.
‘‘Eski maktab’’ 1990-yillar seriallarini sog‘inganlar va endigina pedagoglik faoliyatini boshlayotgan yosh o‘qituvchilar uchun ayni muddao. Serialning asosiy g‘oyasi shuki: xatolar muqarrar, ammo tajriba bilan birga o‘ziga ishonch ham albatta keladi.






