O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining quyidagi tegishli qarorlari bilan qo‘shimcha kvotalar ajratilishi belgilangan:
– 17-noyabr 2017-yildagi PQ-3394-son qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab, harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomasiga ega bo‘lganlar uchun besh foizli qo‘shimcha qabul kvotalari,
– 14-may 2018-yildagi PQ-3726-son qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar xodimlarining farzandlari uchun besh foizli, Milliy gvardiya xodimlarining farzandlari uchun ikki foizli qo‘shimcha davlat granti;
– 16-fevral 2019-yildagi PQ-4212-son qarori bilan Huquqbuzarlik profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashda munosib hissa qo‘shgan, xizmat yoki ilmiy faoliyatida yuqori natijalarga erishgan ichki ishlar organlarining amaldagi xodimlari farzandlari uchun qo‘shimcha besh foizli davlat granti berilishi belgilangan.
Ushbu turdagi qo’shimcha kontrakt va grant kvotalari abituriyentlar tanlashi kerak bo’lgan 5 ta tanlovning hammasiga ham amal qilmaydi.
Ushbu qo’shimcha kvotalar quyidagicha taqsimlanadi:
– Harbiy xizmatchilarning farzandlari uchun qo‘shimcha kvotalar tanlangan birinchi oliy ta’lim muassasasiga kunduzgi ta’lim shakli uchun:
– Ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari uchun qo‘shimcha kvota tanlangan birinchi oliy ta’lim muassasasiga kunduzgi va sirtqi ta’lim shakllari uchun:
– Harbiy tavsiyanomaga ega bo‘lganlar uchun qo‘shimcha kvota tanlangan birinchi oliy ta’lim muassasasi uchun amal qiladi.
Eslatma! Ushbu qo’shimcha kvotalarining joriy yilgi taqsimoti bilan quyidagi havolalar orqali tanishishingiz mumkin:
Ichki ishlar organlari xodimlari farzandlari – 2024
Harbiy qism qo‘mondonligi tavsiyanomasi – 2024
Harbiy xizmatchilarning farzandlari uchun qo‘shimcha kvota – 2024